Ona tabiatimizning har bir qarich yeri, musaffo havosi, shifobaxsh suvlari insonlar o’ziga rom etadi. Shunday betakror go‘zallikni asrab-avaylash, kelajak avlodga bus-butunligicha yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir.
Bugun yurtimizning barcha jabhalarida ekologik tarbiyani kuchaytirishga qaratilgan "Yashil Makon" loyihasini keng ko’lamda amalga oshirilishining zamirida ham atrof-muhitni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish g’oyalari mujassamdir.
Farg’ona davlat universitetining Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilot kengashi tashabbusi bilan Harbiy ta'lim fakulteti talabalari hamkorligida "Yashil Makon" loyihasi doirasida universitet hududiga manzarali daraxtlar ekish jarayonlari davom etmoqda.