Farg’ona davlat universitetining Pedagogika-psixologiya fakulteti tomonidan "Diniy ekstremizm, terrorizm, kiber-jinoyatchilik va uning salbiy oqibatlari" mavzusida muloqot tadbiri o'tkazildi.
Bunda Farg'ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi jamoa havfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’limi voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi voyaga yetmaganlar masalalari bo’yicha inspektor psixologi, katta leytenant M.Murotova, Farg'ona shahar Diniy qomita bosh mutaxassisi I.Mirzahmedov, Farg'ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kiber xavfsizlik bo'limi katta mutaxassislari leytenanti K.Qurbonov va U.Umaraliyevlar ma'ruzachi sifatida so'z olgan bo'lsalar, Pedagogika-psixologiya fakulteti jamoasi hamda talabalar mavzu doirasida o'zaro muloqot olib bordilar.
Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad yoshlarni oson pul topish maqsadida, internet orqali o’ynalayotgan turli o’yinlar ta’siriga tushib qolmasliklari, aldov yo’li bilan yot kimsalarning tuzog’iga ilinib qolmasliklarini oldini olishga qaratilgan bo’lib, yurtimizda yoshlar berilayotgan alohida imtiyozlardan foydalangan holda bo’sh vaqtlarini o’zini-o’zi band qilish orqali, qo’shimcha ish faoliyati bilan shartnoma asosida ishlab, jamiyatga o’z hissasini qo’shishlari mumkinliklari haqida fikrlarni o’rtoqlashdilar.