Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 342
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 258
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

EKOLOGIK MUSAFFOLIK SARI

16:47, 11.11.2022      

Bugungi fan-texnika taraqqiyoti atrof-muhit ifloslanishiga katta ta’sirini ko’rsatmoqda. Havo qatlamining turli zaharli gazlar va chang bilan qoplanishi ekologiya va undagi barcha tirik organizmga ulkan xavf solmoqda.

Ekologik muammolarni bartaraf etishda, havoda kislorod miqdorini oshishiga xizmat qiluvchi yashil hududlarni kegaytirish maqsadida, yurtimizda “Yashil makon” loyihasi davom etmoqda.

Farg’ona davlat universitetining Zootexniya fakulteti jamoasi, doktorantlar va tadqiqotchilar hamda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari birgalikda “Yashil makon” loyihasi doirasida fakultet hududida joylashgan yer maydoniga manzarali ko’chatlar o'tkazdilar.

Shuningdek, oliygohning Uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik qo’shma fakulteti jamoasi ham Yoshlar ittifoqi kengashi tashabbusi bilan "Yashil Makon" loyihasi doirasida fakultet hududida manzarali daraxtlar ekish ishlarini davom ettirmoqdalar .