Yosh iqtidor sohiblarini innovatsion ta’limga jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, iqtidorli yoshlarni yetakchi olimlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritishi uchun yagona tizim yaratish va shu asosda ilm-fan sohasida yosh kadrlar yetishtirish tizimining uzviyligini ta’minlash maqsadida, yurtimizda ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, ta’limda hamkorlik loyihalarini amalga oshirilishi, “Ustoz-shogird” an’analarini rivojlantirish orqali yoshlarni qo’llab-quvvatlanishi amalda o’z natijasini ko’rsatmoqda.
Farg’ona davlat universitetining Matematika-informatika hamda Fizika-texnika fakultetilari professor-o'qituvchilari, shuningdek, talaba-yoshlar ishtirokida tashkil etilgan uchrashuv maqsadi ham shunga qaratildi. Uchrashuvda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor - Abdulla A'zamov bugunning iqtidorli yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borishlariga imkon yaratish, yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirishda ustozlarning o’rni katta ahamiyatga ega ekani to’g’risida ma’ruza qildi.