Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlangan edi.
Ushbu qarorga muvofiq Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk departamentida bo'lib o'tgan O'zbekiston Respublikasi Texnologiyalarni va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlari (TIQQM)ning 1-Milliy forumi bo’lib o’tdi.
Quvonarlisi shundaki, tashkil etilgan forumda Farg’ona davlat universiteti vakillari faol ishtirok etdilar.
Anjumanda ishtirokchilarimiz "Eng faol targ'ibotchi" nominatsiyasi bo'yicha g'olib deb topilib, munosib taqdirlandilar.