Bugunning yoshlari ertangi kelajakini oldindan ko’ra –biladigan, o’z oldiga qo’yayotgan maqsadlarga erishish uchun ilmli, zamonaviy bilimlarni egallagan hamda yangicha fikrlaydigan yoshlar qatorida bo’lishi lozimligini anglamoqdalar. Bu boradagi bilimlarini talaba-yoshlar o’rtasida o’tkazilayotgan turli ko’rik-tanlovlarda, turli intellektual o’yinlarda sinovdan o’tkazmoqdalar.
Xususan, Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakulteti "Zakovat" klubining navbatdagi ishtirokchilaridan bo‘ldilar.
Borgan sari qizg'in tus ola boshlagan o‘yinda bu safar savollar qiyinroq, natijalar yaxshiroq, yangiliklar ko'proq bo‘ldi. Mazkur turnirda klubning "Liderlar" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Shuningdek, Matematika-informatika fakultetida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.