Bugun jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar o'rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishga davlat tomonidan alohida e'tibor berilib, ko'plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
"Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o'rganish va targ'ib qilish maqsadida yoshlar o'rtasida kitob yarmarkalari tashkil etish to'g'risida"gi qarorlari asosida mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bir qator tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi jamiyatda kitobga bo'lgan munosabatning ijobiy tomonga o'zgarishiga zamin yaratdi.
Talaba-yoshlarga kitobxonlikni targ’ib etish va kelajak avlodning ma'naviyatini yuksalishiga munosib hissa qo’shish maqsadida, Farg’ona davlat universitetining San'atshunoslik fakultetida kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.