Farg’ona davlat universitetining 4-sonli Talabalar turar joyida Fizika-texnika fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida Farg'ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi bo'limi boshlig'i A.Nishonov bilan hamkorlikda "Umr tezlikdan muhimdir" mavzusida muloqot o'tkazildi.
Muloqot davomida, Yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’sullari tomonida yurtimizda, xususan viloyatimizda yo’l harakati bilan bog’liq sodir etilayotgan qonunbuzarliklarning aksariyati yosh haydovchilarva piyodalardan iborat ekani haqida so’zlar ekan, talaba-yoshlarni kuz-qish mavsumida yo’llarda to’g’ri harakatlanishga, yo’l belgilariga amal qilishga chaqirdilar.