O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi 340-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida, Farg’ona viloyati hokimligi tomonidan joriy yilning noyabr oyi “Keksalar uchun turizm oyligi” deb e’lon qilindi.
Farg’ona shahar Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi tomonida, mazkur qonin bandlarida ko’rsatilgan rejalar asosida, shaharimizdagi eng faol nuroniylarni yurtimizning diqqatga sazovor maskanlariga turizm sayohatlari tashkillandi.
Shuningdek, ushbu qaror ijrosi doirasida, Farg’ona davlat universitetining San’atshunoslik fakulteti jamoasi tomonidan tashkil etilgan musiqiy kechaga taklif qilindilar.
Oliygoh ma’muriyati hamda Farg’ona shahar Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi hamkorligida tashkillangan ushbu musiqiy kechada keksalarning ko’ngillariga orom beruvchi kuy va qo’shiqlar guldastasi taqdim etildi.