Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 342
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 258
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

"GIYOHVANDLIK – ASR VABOSI”

16:44, 15.11.2022      

Mamlakatimiz rivojiga o‘zining munosib xissasini qo‘shayotgan yoshlarimiz bilan bir qatorda bilib-bilmay giyohvandlik, ichkilikbozlik va tamaki chekish kabi illatlarning domiga tushib qolayotgan yoshlar soni ortib borayotganini bugun hech kimga sir emas.

Giyohvand moddalarni iste’mol qilish, uning savdosi kun sayin katta muammolarni kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda. Eng achinarlisi, yoshlarni og‘ir jinoyatlarning sodir etishiga, oilalar va millat genofondining buzilishiga sabab bo‘lib kelmoqda.

Farg’ona davlat universitetining Fizika-texnika fakulteti jamoasi tomonidan o’tkazilgan “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarni asraylik” mavzusidagi tadbir mazmuni ham shunga qaratildi.

Tadbirda, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali, narkolog shifokor А.Axrorov ishtirok etib, u giyohvandlikning yoshlar kelajagiga keltiradigan ulkan fojiasi haqida ma’ruza qildi.