Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 342
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 258
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA KENGASH YIG’ILISHI

16:13, 17.11.2022      

Bugun Farg’ona davlat universiteti Kengashining navbatdan tashqari yig’ilishi bo’lib o’tdi. Mazkur yig‘ilish kun tartibida oliygoh reytingi ko‘rsatkichlari bo‘yicha kafedralarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va navbatdagi vazifalar ijrosi muhokama etildi. Shuningdek, universitetning bo’sh lavozimlariga nomzodlar tanlovdan o’tkazildi.

Yig’ilish davomida milliy reyting tizimidagi ko‘rsatkichlarni oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar, reyting mezonining qator ko‘rsatkichlari bo‘yicha erishilgan natijalar, kelgusida belgilangan zarur chora-tadbirlar atroflicha tahlil etildi.

Bu borada kafedralardagi mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish, ularning xususiyatlaridan kelib chiqib, sohalar buyurtmalari asosidagi tadqiqotlardan olinadigan mablag‘lar salmog‘ini oshirish, Kuzatuv kengashi a’zolari bo‘lgan korxona va tashkilotlar bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, universitetda tashkil etilgan chet tillarini o‘qitish kurslariga barcha professor-o‘qituvchilarning jalb etish masalalari Kengash a’zolarining diqqat markazida bo’ldi.

Xususan, ilmiy jurnallar tashkil etish va Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatidan o‘tkazish, tadqiqotchilar maqolalarini muntazam ravishda e’lon qilib borish, xorijiy nufuzli konferensiyalar haqidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda professor-o‘qituvchilar va talabalarga yetkazib borish, kelgusi yilda ko’plab xalqaro konferensiyalarni o‘tkazish yuzasidan takliflar tayyorlash, xorijning yetakchi universitetlari professor-o‘qituvchilarini mashg‘ulotlarga jalb etish, xorijiy talabalar hamda talaba almashinuvini yo‘lga qo‘yishda yangicha tizimlarni amaliyotga joriy etish kabi masalalar bo’yicha muhim rejalar va qarorlar qabul qilindi.