Farg’ona davlat universitetining Uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik qo‘shma fakultetida "17-noyabr -Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan talabalar uchun ma’rifiy ko’ngilochar tadbir taskil etildi.
Tadbirda fakultet QVZ klubining "G‘alaba" jamoasi tomonidan bir-biridan qiziq chiqishlari namoyish etildi. Ko’tarinki ruhda davometgan ushbu tadbir yoshlikka bag’ishlangan kuy-qo’shiqlar bilan kechaga yanada fayz bag’ishladi.
Shuningdek, fakultetda ilm-fan vama’naviy-ma’rifiy ishlarda alohida faollik ko‘rsatib kelayotgan iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.