Farg'ona shahri Qirguli mavzеsida “Do'stlik uyi”ning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, mutasaddi rahbarlar, viloyatdagi nеmis, slavyan, yahudiy, tatar, qirg'iz, korеys, tojik, turk milliy madaniy markazlari hamda viloyat jamoatchiligi vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda so'z olgan Viloyatimiz hokimi Do'stlik uyi milliy bag'rikenglikning yuksak namunasi ekanini qayd etgan holda, Farg'ona davlat universitetida ochilgan "Do'stlik klubi" faoliyatini ham alohida e'tirof etdi.