Butun O’zbekiston bo’ylab davlatchiligimizning asosiy ramzi bo’lgan milliy bayrog’imiz qabul qilinganligining 31 yillik tantanalari keng nishonlanmoqda. Ushbu bayram doirasida Farg’ona davlat universitetida ham o’ziga xos tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, ziyo ahlining bayramga munosib tuxfasi sifatida oliygohning Maktabgacha va boshlang’ich ta’limning "Maktabgacha va boshlang'ich ta'limning dolzarb masalalari" mavzusidaxalqaro ilmiy – amaliy onlayn anjuman o’tkazildi.
Ushbu xalqaro anjumandamamlakatimizning barqaror rivojlanishi va inson kapitali sifatini oshirilishida maktabgacha va boshlang'ich ta'lim rolini ilmiy pedagogik ham jamiyat tomonidan anglash, raqamli dunyo sharoitida maktabgacha va boshlang'ich ta'lim faoliyatini samaradorligini oshirish bo’yichayangi resurslarni topish va rivojlantirish istiqbollarini belgilashga ko’maklashish, maktabgacha va boshlang'ich ta’limga oid tadqiqotlarni olib borish bo’yicha olimlarning ilmiy faolligini oshirish bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning nazaruy va amaliy natijalarini keng targ’ib etishga ko’maklashish, O’zbekiston va xorijiy mamlakatlarda maktabgacha va boshlang'ich ta’limning rivojlanishining zamonaviy yo’nalishlarini muhokama qilish va yangi g’oyalar bilan almashish uchun sharoit yaratish maqsadlati ko’zlandi.