Jamiyatni inson o’zgartiradi, ta’lim-tarbiya esa insonni o’zgartidadi. Har bir jamiyatdagi insonlarga ta’lim berib dunyoni tanitishda, ustozning o’rni beqiyosdir. Dono xalqimiz ustozlarni e’zozlab: “Ustozning umri mangu – chunki shogirdlar umri unga ulanadi” deydi. Ilm nuri ustozlar qalbidan , shogirdlar qalbiga ko’chadi.
Farg’ona davlat universitetining Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakultetida uzoq yillar shogirdlariga ilm sirlaridan saboq berib, jamoada ustozdek ulug’ nom sohibiga aylangan fizika-matematika fanlari nomzodi A.Asimovning 73 yillik tavallud ayyomiga bag'ishlangan tadbir tashkillandi.
Ushbu tadbirda Ural davlat pedagogika Universiteti tabiat fanlarni o'qitish pedagogikasi va nazariyasi kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori professor Л.В.Ворониниа ham ishtirok etdi.