Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 342
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 258
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​“HUR VATAN MADHI”

12:15, 21.11.2022      

Vatan bayrog‘ini shu tuproqda tug’ilib o’sgan har bir inson ko‘zga surtishi, uni to‘tiyo qilishi, Vatanni sevishi, uning uchun jonini fido qilishga tayyor farzand bo’lib tarbiya topmog’i zarur.

Bugun yurtimizda kamol topayotgan har bir yoshning qalbida Vatanga bo’lgan qaynoq mehr alangasi jo’sh urmoqda. Ular o’zlarining ta’lim, sport kabi ko’plab sohalardagi yutuqlarini qo’lga kiritib, yurt bayrog’ini yuksaklarga ko’tarib ko’tarmoqdalar,

Ana shunday qo’llarida bayroq bilan Vatan uchun yonib yashayotgan yoshlarimizdan Matematika – informatika fakulteti talabalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligiga bag’ishlab tantanavor tadbir tashkil qildilar.

Tadbirda fakultetning faol talabalarivatanparvarlikni ulug‘lovchi qo‘shiqlar ijro etdilar.