Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

XALQARO ALOQALAR

14:46, 22.11.2022      

Ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish hamda kelishuvlar natijadorligiga erishish maqsadida Farg’ona davlat universitetining Fizika-texnika fakulteti professor-o`qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari Yevropaning Litva Respublikasida joylashgan Vilnius universiteti (QS World Ranking 400)da bo’ldilar.

Tashrif davomida oliygoh vakillari professor S.Otajonov va dotsent Sh.Shuhratovlar Vilnius universiteti Fizika fakultetining Fotonika va nanotexnologiya kafedrasi talabalariga “Photoelectric phenomena in wide gap semiconductors cantaining deep level impurities” hamda “Structure and properties of various crystalline and disordered materials” mavzularida ma`ruza mashg`ulotlarini olib bordilar.

Shuningdek, ilmiy tadqiqot guruhi Vilnius universiteti olimlari bilan birga “workshop” hamda “master klass” mashg`ulotlarini o'tadilar.