Talaba-yoshlarni ma’naviy dunyosini boyitish, ularda Vatanga muhabbat, milliy o’zligimizga hurmat g’oyalarini kuchaytirish, hayotning qiyinchiliklariga kuchli iroda va matonatli bo’lishga o’rgatish maqsadida, Farg’ona davlat universitetining Matematika-informatika fakulteti talaba-yoshlari tomonidan sahnalashtirilgan “Qaltis qadam” spektakl namoyishi bo’lib o’tdi.
Spektaklda yoshlikning gullagan davrini xazonga aylantirib, turli hoy-havaslarni deb aldanib, Suriyaga ketgan yurtdoshimizning achchiq qismati haqida bo’lib, unda qahramonning xo’rlikdan, e’tiborsizlikdan, mehrsizlikdan o’zga yurtda boshidan kechirgan qiyinchiliklari talabalar tomonidan mohirlik bilan sahnalashtirildi.
Hayotiy voqealarga asoslangan ushbu spektakl tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Yoshlar qalbida, tinch va mustaqil yurtda emin-erkin yashayotganliklariga yana bir bor shukrona xissini uyg’otdi.