Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 342
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 258
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

MUSTAHKAM HAMKORLIK

14:04, 25.11.2022      

Xalqaro aloqalarni mustahkamlash va pedagogik tajribalar almashish maqsadida, Farg’ona davlat univetsitetining Filologiya fakulteti, Rus tili ta’lim yo‘nalishi talabalarining o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etilgan Sank-Peterburg davlat universiteti professori, S.Kuznetsov hamda Moskva davlat pedagogika universiteti dotsenti, pedagogika fanlari doktori O.Drozdovalar ishtirokida fakultetda turli tadbirlar ham tashkil etilmoqda.

Rus tilshunos olimi, etnograf Vladimir Dal hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kecha tashkillandi. Unda rossiyalik olimlar, rus filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida V.Dal ilmiy me'rosi va uning tilshunoslik rivojidagi o‘rni haqida so‘z bordi. Shu bilan birga, rus shoirlarining she’rlari, rus millatining milliy qo‘shiqlari va raqslari talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etildi. Chet eldan tashrif buyurgan professor-o'qituvchilar, universitet professor-o'qituvchilari hamda talabalar doirasida ushbu kecha ko'tarinki ruhda o'z nihoyasiga yetdi.