Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

XALQARO HAMKORLIK

12:01, 26.11.2022      

Farg’ona davlat universitetida xalqaro hamkorliklar davom etmoqda. Hamkorlik doirasida oliygoh hamda O‘sh davlat universiteti o‘rtasida imzolangan xalqaro shartnomalar doirasida Tarix fakultetining Ijtimoiy ish kafedrasiga O‘sh davlat univesiteti Ijtimoiy ish kafedrasidan sotsiologiya fanlari nomzodi katta o‘qituvchi Karimova Kunduzxon Usonovna va falsafa fanlari nomzodi katta o‘qituvchi Azizova Dilrabo Shokirovnalar tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida “Turli guruh va qatlamlar bilan ijtimoiy ish” fani bo’yicha U.K.Karimova hamda “Oilalar bilan ijtimoiy ish” fanidan SH.D.Azizovalar ma’ruza mashg‘ulotlarini olib borish rejalashtirilgan.

Shuningdek, xalqaro hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar “Qatag‘on qurbonlari” muzeyida bo‘ldilar.