Farg‘ona davlat universiteti Kengashining 4-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!
Kengash avvalida ilmiy yutuqlar va yuksak darajalarga erishgan professor-o'qituvchilar munosib taqdirlandilar.
Mazkur yig‘ilish kun tartibida- yo‘riqnoma hujjatlar ijrosi, oliygoh reytingi ko‘rsatkichlari bo‘yicha kafedralarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va navbatdagi vazifalar, o‘quv-uslubiy kengash hamda axborot-resurs markazi faoliyati, sohaga innovatsiyalarni jalb etish tadbirlari, universitetda chet tillarini o‘qitish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar, xorijiy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi faoliyat tahlili, ilmiy loyihalar hisobotlarini tasdiqlash, professor-o‘qituvchi va talabalarga yaratilayotgan sharoitlar bo‘yicha qilingan ishlar muhokamasi, shuningdek, turli tashkiliy ishlar tanqidiy-tahliliy ravishda muhokama etilib, atroflicha ko'rib chiqildi.