Farg’ona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya fakultetining Pedagogika kafedrasi tomonidan «Uzluksiz ta’limni modernizatsiyalashda raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuv: xorijiy tajriba, muammo va yechimlar» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.
Onlayn tarzida o’tkazilgan anjumanda bir qator oliy ta’lim muassaslari professorlari hamda oliygoh rahbariyati boshchiligidagi professor-o’qituvchilar, doktorantlar, magistrantlarjamoasi ishtirok etdilar.
Anjuman da vomida O'zbekistondagi pedagogika sohasidagi yagona akademikR.X.Jo’raevning–“Talabalarning ilmiy faoliyati”;
T.N.QoriNiyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, professorI.X.Ibragimovning – “Ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalar tadbiq qilish ijtimoiy zarurat sifatida”;
Farg‘ona davlat universiteti pedagogika fanlari doktori, professor T.A.Egamberdiyevaning – “Ta’lim tizimini modernizatsiyalash jarayonida innovatsion yondashuv mexanizmlaridan foydalanish” mavzusidagidolzarb tadqiqotlardan iborat ma'ruzalari tinglandi.
Shuningdek, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Umumiy pedagogika” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor B.X.Xodjayevning – «Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ijtimoiy fanlarni o‘qitishda uzviylikni ta’minlash: yangi metodika va erishilgan natija»;
Namangan muhandislik va pedagogika instituti,pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori, «Информационные технологии в технических системах»kafedrasi professori O.S.Abdullayevaning - “Перспективы использования интеллектуальных систем в сфере образования”;
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti D.A.Yuldasheva – “Kreativlik – muammolar va nostandart vazifalarni hal qilish jarayoni sifatida”;
Farg‘ona davlat universiteti magistranti X.Abdullayevalar - “Yevropa universitetlarida tyutorlik tizimi” mavzularidagi bir qator ilmiy-amaliy xulosalari asosidagi nutqlari, ma'ruzalari eshitildi va qarashlari o'rganildi.