Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

​MA’NAVIY UCHRASHUVLAR

18:19, 26.11.2022      

Aholining barcha qatlamlarini oʻz ichiga oluvchi internet va ijtimoiy tarmoqlar madaniyati meʼyorlariga rioya qilish, kompleks targʻibot ishlarini amalga oshirish, kibertahdidlarning oldini olish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yoshlar o’rtasida mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish maqsadida Farg’ona davlat universitetining Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakultetida "Internet maydonidagi ma'naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari" mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Ushbu dars mashg'ulotiga Universitetning malakali o'qituvchisi Valixanov Ravshan Mamurovich taklif etildi. Talabalarga bugungi kundagi internetdan oqilona foydalanish bo‘yicha bir qator ko'rsatma va tavsiyalar berildi.