Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

​TANLOV!

15:04, 28.11.2022      

Farg'ona davlat universiteti, Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti Kengashi tashabbusi bilan "17-noyabr Xalqaro talabalar kuni"ga bag’ishlab "Mening talabalik davrim" shiori ostida “Eng yaxshi videorolik va fotolar” tanlovi e’lon qilingan edi. Bundatalabalar o'zlarining unutilmas oltin davrlarini muhrlovchi video hamda talabalik rasmlari bilan ishtirok etishlari zarur edi.

Ushbu tanlov natijalariga ko’ra taqdim etilganlar orasidan eng kreativ yondashgan va eng ko’p ovoz olgan talabalarni g'olib sifatida tanlab olindi.

Tanlov mavzusiga kreativ tarzda yondoshgan quyidagi "Foto" lavhalar egalari g'oliblikni qo’lga kiritdilar.

Foto lavhalar g’oliblari bilan tanishing:

Iqtisod fakultet mintaqa iqtisod yo'nalishi 20.15-guruh talabasi Abduqosimova Dilnuraxon205 ta ovoz bilan 1-o’rin;

Chet tili fakulteti gid yo'nalishi 20.126-guruh talabalari161 ta ovoz bilan 2-o’rin;

Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yònalishi 20.71-guruh talabasi Aminjonova Gulasal 116 ta ovoz bilan faxrli 3-o’rinlarni band qildilar.

Shuningdek, tanlov mavzusigakreativ tarzda yondoshgan quyidagi "Videorolik"egalari ham g'olib deb topildilar.

Videoroliklar g’oliblari bilan tanishing:

Tarix fakulteti sotsiologiya yo'nalishi, 2-bosqich talabasi Zokirova Mohinur503 ta ovoz bilan 1-o’rin;

Harbiy ta'lim fakultet, 3-bosqich talabasi Abdujabborov Sarvarbek 216 ta ovoz bilan 2-o’rin;

Matematika-informatika fakulteti, 1-bosqich talabasi Kudratullayev Ulug'bek214 ta ovoz bilan faxrli 3-o’rinlarni band qildilar.