Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

​TANLOV!

15:13, 28.11.2022      

Farg'ona davlat universiteti Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti kengashi tomonidan 18-noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'i qabul qilinganining 31yilligi munosabati bilan universitetda "Bayroq - millat g'ururi" mavzusida videoroliklar tanlovi o'tkazildi. Unda oliygohningning barcha ijodkor talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar va ular orasidan eng na’munali deb topilgan va eng yuqori ovoz olgan ijodkor talabalar g'oliblar safidan joy oldilar.

Demak tanlov g'oliblari bilan tanishing:

Tarix fakulteti tarix yo'nalishi 3-bosqich talabasi Sultonov Xojiakbar 1.2k ta ovoz bilan 1-o’rin;

Maktabgacha ta'lim fakulteti sirtqi ta'lim bo'limi talabasi Mirzaadilov Xusan 442 ta ovoz biln 2-o’rin;

Tarix fakulteti Yurisprudensiya yo'nalishi 22.80-guruh talabasi Xasanjon Yusufjonov 405 ta ovoz bilan 3-o’rinni qo’lga kiritdilar.