Farg’ona davlat universitetining Harbiy ta’lim fakulteti jamoasi tomonidan talaba-yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Talaba oqshomi" bayram tadbiri o’tkazildi.
Ko'tarinki ruhda o'tgan ushbu tadbir yoshlar o'rtasida mehr-oqibat, birdamlik, ahillikni kuchaytirish, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg'ularini oshirishga xizmat qildi.
Tadbirda “Quvnoqlar va zukkolar” guruhining ko’ngilochar dasturlari yoshlarga jo’shqin kayfiyat ulashdi. Shuningdek, yoshlikni tarannum etuvchi kuy qo’shiqlari va iqtidorli talabalarning turli chiqishlari, talabalar tomonidan raqs, turli qiziqarli sahna ko'rinishlari ijro etildi.