Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

XALQARO ALOQALAR

15:25, 30.11.2022      

Xalqaro hamkorliklar doirasida Farg’ona davlat universiteti Qozog‘istonning Abay nomli Milliy pedagogika universiteti o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, oliygohning Kimyo kafedrasi professori Mirkozimjon Nishonov, “Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish” kafedrasi mudiri, dotsent Shavkatbek Eshpo‘latov va shu kafedra dotsenti Jalolidin Abduqodirovlar Qozog‘iston Respublikasi Alma-Ata shahrida xizmat safarini o‘tamoqdalar.

Tajriba almashinuvi jarayonida ular mazkur universitetning bakalavriyat, magistrant hamda doktorant talabalariga ma’ruza darslarini o’tmoqdalar.

Shuningdek, hamkorlik jarayoni davomida 29-30 noyabr kunlari “Kimyo fani va kimyo ta’limining zamonaviy jihatlari: nazariya va amaliyot” mavzusidagi II-Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etmoqdalar. 29-noyabr kuni professor M. Nishonov anjuman yalpi yig‘ilishida “O‘zbekistonda kimyo fanining rivojlanishi” mavzusida ma’ruza qildilar.