Farg’ona davlat universiteti hamda Viloyat xalq ta'limi bo'limi hamkorligida umumiy o’rta ta’lim maktablarida Chaqiriqqa qadar boshlang'ich tayyorgarlikfanining o’qitilishi bo’yicha Harbiy ta’lim fakultetida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda, fakultet rahbariyati hamda Rishton va Farg‘ona tumanlaridagi barcha umumta’lim maktablarining Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani rahbarlari ishtirok etdilar.
Tashkillangan bir kunlik ilmiy-amaliy seminar davomida fanning o’qitilishi,mavjud moddiy o'quv bazani takomillashtirish bo'yicha bir qator ma’ruzalar eshitildi, mammolar o’rganilib, tegishli tavsiyalar berildi.
Uchrashuv so’nggida, kelgusida bu kabi seminarlar amaliy ko’mak sifatida barcha hududlarda doimiy ravishda davom etishiga kelishib olindi.