Giyohvandlik – insoniyatni tashvishga solayotgan global muammolardan biridir. Tinch-osuda vatanimizda bu jirkanch illatga qarshi keskin kurashishda yoshlarning o’rni muhim ahamiyatga ega.
Farg’ona davlat universitetining Uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik qo‘shma fakultetida ta’lim olayotgan ijara xonadonlarida yashovchi talabalari o’rtasida sog’lom turmush tarzini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sportga keng jalb qilish maqsadida, “Biz giyohvandlikga qarshimiz” shiori ostida talaba-yoshlar o’rtasida futbol o’yini o‘tkazildi.