Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 445
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

SEMINAR

12:49, 03.12.2022      

Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakulteti Ingliz tili kafedrasi jamoasi Oltiariq tumanidagi Ingliz tili faniga ixtisoslashtirilgan 31- sonli Ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi(IDUM)da bo'ldilar.

"Ingliz tili" fani oyligi doirasida tashkillangan uchrashuvda bitiruvchi sinf o'quvchilari ishtirokida davra suhbati tashkillandi. Oliygoh jamoasi maktab bitiruvchilarning universitetdagi ta'lim yo'nalishlari haqidagi savollariga bo’yicha tegishli ma'lumotlarni berdilar.

Shuningdek, ushbu ta'lim muassasasida faoliyat ko'rsatayotgan ingliz tili o'qituvchilari uchun kafedra a'zolari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.