Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“XALQARO NOGIRONLAR KUNI”

12:55, 03.12.2022      

Butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo'lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini taminlab, barcha uchun ochiq va do'stona bo'lgan jamiyat qurish maqsadida, 3- dekabr - "Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni"deb e’lon qilingan.

Biz - o’zgalar ko’magiga muhtoj insonlarga mehr- muruvvat ko’rsatish tarbiyasi qoniga singib ketgan xalqning farzandlaridirmiz. Farg’ona davlat universitetining Tarix fakulteti Ijtimoiy ish kafedrasi o'qituvchilari va talabalari ham ushbu sana munosabati bilan Farg'ona shahar imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb- hunar maktabida bo'ldilar. Ularni ko’ngillarini ko’tarib, sovg’alar ulashdilar.

Shuningdek, oliygohning Chet tillari fakulteti talabalari ham 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Farg’ona shahar 86-sonli imkoniyati cheklangan maxsus maktab-internatda bayram tadbiri tashkil etdilar.