Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 445
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​KONSTITUTSIYA -BAXTIMIZ QOMUSI

12:13, 09.12.2022      

O'tgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi, odamlarimizning dunyoqarashi butunlay o'zgargani, har bir yurtdoshimiz mamlakatimizning taraqqiyotiga munosib hissa qo'shayotgani Bosh qomusimizning hayotbaxsh qudrati va ulkan salohiyatidan dalolat beradi.

Konstitutsiyamizning 30 yillik bayramiga bag’ishlangan tadbirlar Farg’ona davlat universitetining barcha fakultetlarida keng nishonlandi.

Xususan, Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetida ushbu sana munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillandi. Tadbirda fakultetda faol professor-oʻqituvchilarning mehnatlari qadrlanib, esdalik sovgʻalari bilan taqdirladilar.

Shuningdek, oliygohning Uzumchilik,mevachilik va sabzavotchilik qo‘shma fakultetida ham Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya baxtimiz qomusi" nomli tadbir o‘tkazildi.