Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

​“QOMUSIMIZ – FAXRIMIZ”

17:40, 09.12.2022      

Ko'hna zaminimiz odamlari ko'nglida ustuvor bo'lgan adolat, haqiqat, iymon, olijanoblik, bag'rikenglik, mardlik, tantilik kabi ulug' xislatlar Konstitutsiyamizdan munosib o'rin olgan. U umuminsoniy g'oyalar – tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do'stlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi eng ulug' g'oyalarga xizmat qiladi.

Mamlakatimiz bo’ylab keng nishonlangan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30-yilligi Farg’ona davlat universitetida ham munosib nishonlandi.

Xususan, Tarix fakulteti jamoasi va talaba-yoshlari tomonidan “Qomusimiz – faxrimiz” shiori ostida tadbir tashkillandi.

Shuningdek, Tarix fakultetining Sotsiologiya kafedrasi o'qituvchilari va sotsiologiya yo'nalishi talabalari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan "Konstitutsiya - baxtimiz poydevori" mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirda faol ishtirok etdilar.