Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

20:47, 09.12.2022      

Farg‘ona davlat universitetida davlat rahbarining “Davlat boshqaruvi sohasidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga bag‘ishlangan “Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy yondashuvlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xorijiy va mahalliy olimlar, sohada faoliyat olib borayotgan tizim vakillari, hamkor tashkilotlar mutasaddilari, jamoatchilik organlari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, Qozon Federal universitetining Yelabuga instituti, O‘sh davlat universitetidan ham professor-o‘qituvchilar onlayn formatida qatnashdi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning asosiy maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalarni ishlab chiqish, tajriba almashish, ta’lim sohasidagi xodimlarning ushbu boradagi bilimlarini oshirishdan iboratdir. Anjumanda dastlab soha mutaxassisilari so‘zga chiqib, bu borada tizimli ishlar olib borilayotgani va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi, kelgusida sohada e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim jihatlarga to‘xtalindi. Korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar tahlil qilinib, faoliyatda aniqlangan korrupsion xavflarni bartaraf etishga qaratilgan choralar haqida ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, joriy yilning o‘zida oliy ta’lim tizimini raqamlashtirish maqsadida 10 dan ortiq, jumladan, kontrakt.edu.uz, prof-kontrakt.edu.uz, magistr.edu.uz, stipendiya.edu.uz, diplom.edu.uz, adabiyot.edu.uz, kasb.edu.uz, unilibrary.uz kabi elektron platformalari ishga tushirildi. Bundan tashqari, “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi” – HEMIS dasturi orqali barcha oliy ta’lim muassasalarida ma’muriy, o‘quv, ilmiy va moliyaviy jarayonlar raqamlashtirildi. Natijada esa 35 ga yaqin hisobot jadvallari elektron shaklda yuritiladigan bo‘ldi. Endilikda, talabalar kontrakt qog‘ozlarini navbatlarsiz onlayn tarzda olish imkoniyati yaratildi. Diplom, diplom dublikatlarini ham elektron formatda olish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, talabalar o‘quv varaqasi, reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma, dars jadvali, davomat va o‘zlashtirishga oid ma’lumotlar, to‘lov-kontrakt shartnomalari ham to‘liq onlayn masofadan amalga oshiriladigan bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu raqamlashtirishlar natijasida avvalo o‘zaro shaxslar o‘rtasidagi kelib chiqadigan va boshqa ko‘rinishdagi korrupsion holatlarning oldi olinadi.