Bosh qomusimiz muqaddimasida inson huquqlariga va davlat suvereniteti g'oyalariga sodiqlik tantanali ravishda e'lon qilinib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'uliyat anglangan holda, o'zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanilib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat namoyon etilib, xalqaro huquqning umume'tirof qilingan qoidalari ustunligi tan olingan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishini ta'minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish ko'zlanib, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta'minlash maqsadida qabul qilingan.
Mamlakatimiz bo’ylab nishonlanayotgan ulug’vor bayram O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar Farg’ona davlat universitetida ham keng miqyosda tashkillandi.
Xususan, Harbiy ta’lim fakulteti hamda Jismoniy madaniyat fakultetida "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.