Xalqimizning tarixiy va maʼnaviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini talaba-yoshlarimizning qalbiga singdirish, maqsadida Farg’ona davlat universiteti jamoasi tomonidan “Saxovat va ko‘mak” harakatini yo‘lga qo‘yish tashabbusi ilgari surildi.
Xususan, Sirtqi ta'lim bo'limining boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalari bayram arafasida ezgulik va mehr ulashish maqsadida Farg'ona shahar "Sahovat" qariyalar va nogironligi bo'lgan shaxslar internat uyida bo'ldilar.
Shuningdek, oliygohning Matematika-informatika fakulteti talabalari tomonidan Farg‘ona “Muruvvat” internat uyida “Har bir bolaga mehr, eʼtibor!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.