Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​“YONG’IN XAVFSIZLIGI”

17:47, 10.12.2022      

Respublikamizda bo'lib o'tayotgan "Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida Filologiya fakulteti kechki ta'lim talabalari va Farg'ona shahar favqulodda vaziyatlar bo'limi Davlat yong'in nazorati inspektorlari o'rtasida "Is gazidan zaharlanish va yong'inni oldini olish" mavzusida davra suhbati olib borildi.

Suhbat davomida, Yong‘in xavfsizligi kunlarining asosiy vazifasi - iqtisodiy va ijtimoiy soha ob’ektlari, turar-joy binolarida yong‘in xavfsizligi talablarining bajarilishini ta’minlash, davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori ob’ektlarda yong‘in xavfsizligini oshirish bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirishdan iborat ekanligi to’g’risidagi fikrlarni o’rtoqlashdilar.