Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

​OCHIQ ESHIKLAR KUNI

17:58, 10.12.2022      

O’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Vatanga bo’lgan mehr-muhabbatini yanada kuchaytirish hamda harbiy ta’limga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, Farg’ona davlat universitetning Harbiy ta’lim fakultetda Ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkillandi.

Tadbirda Farg’ona viloyati Xalq ta’limi bo’limiga qarashli Farg’ona shahridagi 22- umumiy o’rta ta’lim maktabi, 20- umumiy o’rta ta’lim, Buvayda tumani 9- umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari qatnashdilar.

“Vatanparvarlik” tadbirlari doirasida tashkillangan ushbu tadbir davomida, ishtirokchilarga fakultetda yaratilgan shart-sharoitlar, o’quv model bazalari va moddiy texnik bazalar bilan tanishtirildi va ularni qiziqtirgan savollarga javob olishlari uchun fakultet ofitserlari bilan davra suhbati o’tkazildi.