Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

ILMIY – AMALIY ANJUMAN!

13:14, 12.12.2022      

Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida Qoraqalpoq elining buyuk shoiri, o‘zbekning ardoqli farzandi Ibroyim Yusupov ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy – amaliy anjuman va “Ko’ngildagi keng dunyo” mavzusida adabiy – badiiy kecha bo’lib o’tdi.

Farg’ona davlat universiteti tarixida ilk bora tashkil etilgan ushbu anjumanda, Farg‘ona vodiysining ijod ahli hamda yurtimizning yuragi bo‘lgan Qoraqalpoq diyorining aziz insonlari mehmon bo’ldilar.

Milliy an’analarimizga ko’ra kutib olingan mehmonlar, fakultet hududida tashkillangan qoraqolpoq madaniy merosini o’zida mujassam ettirgan o’tov bilan tanishganlaridan so’ng, Ibroyim Yusupov ijodiga bag’ishlab tashkil etilgan xonanig ochilish marosimida qatnashdilar.

Shundan so’ng mehmonlar, O’zbekiston Qahramoni, Qoraqalpog’iston Respublikasida xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Ibroyim Yusupov ijodiy faoliyatiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy- amaliy konferensiya va “Ko’ngildagi keng dunyo” nomli adabiy – badiiy kechaning guvohi bo’ldilar.

Tadbirni oliygo’hning yoshlar masalalari va ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori – F.Otaqulov kirish so’zi bilan ochib berdi. Shuningdek, Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi O’razboy Abduraxmonov hamda o’zbek va qoraqalpoq xalqi do’stligi shoiri Siddiq Mo’minovlar ikki xalqning qadimdan qon- qarindoshlik rishtalarini mustahkam bo’lib kelganini, bugungi tadbir esa – uning yorqin misoli ekani, shuningdek, o’zbek- qoraqalpoq sevimli shoiri Ibroyim Yusupov ijodiga oid fikrlarini ilgari surdilar.