Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

TUWISQANIM, QADIRDANIM, XOSH KELIPSIZ!

13:18, 12.12.2022      

O‘zbekiston Qahramoni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, atoqli shoir - IBROYIM YUSUPOV ijodiga bag'ishlangan "Ko'ngildagi keng dunyo" nomli bayram tadbiri hamda "Filologiyaning dolzarb muammolari" mavzusidagi ilmiy-amaliy xalqaro konferensiya o'z mehmonlarini kutib oldi. Qardosh elning tashrifi Farg'ona davlat universitetida katta bayramga aylanib ketdi.

Ikki qardosh xalq shoiri - IBROYIM YUSUPOV ijodiga bag'ishlangan ko'rgazmalar, qoraqalpoq xalqining ulug'vor milliy madaniyati va turmush tarzi aks etgan ko'rinishlar, qoraqalpoq o'tovi namoyishi ishtirokchilar qalbiga o'zgacha ruh olib kirdi.

Tadbir doirasida ikki elning shoiri qoldirgan boy ma’naviy meros, vatanparvarlik g‘oyalari mavj urgan ijodi, ibratli hayot yo'liga bag'ishlangan "IBROYIM YUSUPOV" xonasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirlar shodasida qardosh mehmonlarimiz, xalqaro vakillar, Farg'ona davlat universiteti rahbariyati, professor-o'qituvchilar, adabiyotshunos olimlar, ijod ahli, ilmiy izlanuvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirokida "Filologiyaning dolzarb muammolari va innovatsion yechimlar" nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning rasmiy qismi bo'lib o'tdi.