Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

“KO’NGILDAGI KENG DUNYO”

16:47, 12.12.2022      

Davlatimizning ulug’vor Madhiyasi bilan boshlanga Qardoshlik ilmiy-amaliy xalqaro anjumanda so'z olgan Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi O'razboy Abdurahmonov o'z nutqida Farg'ona davlat universiteti jamoasi tomonidan Ibroyim Yusupov xotirasiga ko'rsatilayotgan hurmatni qoraqalpoq eliga ko'rsatilgan ehtirom deya bilishini va bu e'tibordan o'zgacha to'lqinlanganini alohida e'tirof etdi. "Bu sohada oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadovdan o'rnak olmoqdamiz." dedi u samimiy.

Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, yozuvchi adib Nurali Qobil ham yuksak darajada tashkil etilgan anjuman va adabiy kechada ishtirok etayotganidan baxtiyor ekanligini bildirdi.

Tadbir mehmonlari - Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pеdagogika univеrsitеti rahbariyati tomonidan do'stlik va hurmat ramzi sifatida universitet rektoriga minnatdorchilik tuhfasi - qoraqalpoq milliy libosi taqdim etildi.

"Bu betakror tadbir, qoraqalpoq millati adabiyoti, madaniyati va san'atini go'zal ifodasi Respublika miqyosida birinchilardan bo'lib aynan Farg'ona davlat universitetida tashkil etilayotgani bizni juda quvontirdi" - deya ta'kidladi mehmonlar.