Do’stlik – birodarlik tadbirlari, oliygohning “Zakovat” intelektual o’yinlari klubi faoliyati bilan qiziqdilar va ayni paytda talabalar ishtirokidagi “Zakovat” intelektual o’yinlariga guvoh bo’ldilar.
Murosasiz va shiddatli o’yindan so’ng, mehmonlar universitetning “Book cafe”sida yuzilgan bayram dasturxoniga tashrif buyurdilar.
Tushlikdan so’ng mehmonlarni Farg’ona davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi o’ziga chorladi. Muzeyda bo’lgan anjuman ishtirokchilari, oliygoh tarixi, Farg'ona vodiysi o'tmishi, Farg’ona xalqining kechagi armonlari, qatag'on siyosati, "paxta ishi" borasida tarixiy materiallar bilan tanishdilar.
Shuningdek, universitetning Axborot resurs markazi ham mehmonlarga mezbonlik qildilar. Talabalar ishtirokida tashkillangan “She’rxonlik” tadbiri qoraqalpoq yoshlari hamda mezbon talabalarda katta ta’surot qoldirdi.
Tashrif davomida mehmonlar, Farg’ona davlat universitetining “Nilufar” talabalar studiyasida Qoraqalpoq xalq shoiri Ibroyim Yusupov ijodiga mansub, sahna asarini tinglab hordiq chiqardilar.