Sport barcha turlari insonni jismoniy va ruhiy barkamollikka yetaklaydi. Hususan, basketbol sport turi ham baquvvat, baland bo’yli va tezkor qaror qabul qiladigan kishilar o’yini desak bo’ladi.
Hozirda basketbol dunyoda eng sevilib o`ynaladigan sport turlaridan biridir. Bu sport turi Olimpiada o`yinlariga kiritilgan. Shu bilan birga NBA (National Basketball Association) va FIBA (International Basketball Association) kabi yirik turnirlar tashkil etilgan.
Ushbu sport turi Yurtimizda ham ommalashgan bo’lib, “Univеrsiada” oyinlari sirsiga kiritilgan yoshlarning sevimli sport turlaridan biridir.
Farg’ona davlat universiteti talaba yoshlaridan tashkil topgan basketbol jamoasi ham, Jizzax viloyatida bo'lib o'tayotgan “Univеrsiada – 2022”o'yinlarida baskеtbol bo'yicha final bosqichida faxrli 2- o'rinni egalladilar!