Sport – yosh avlodni sog'lom va barkamol etib tarbiyalashda, yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishda muhim o'rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g'urur-iftixor bag'ishlaydi.
Bu borada Farg’ona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti “Basketbolchi qizlar” jamoasi ham "Universiada-2022" sport musobaqalarida faol qatnashib, Respublika oliygohlari ichida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar va oliygoh shanini himoya qildilar. Sportchilarimizning g’alabalari universitet rahbariyati tomonidan munosib rag'batlantirildi.