Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga va Oʼzbekiston xalqiga Murojaatnomasi - Fargʼona davlat universitetida jonli ravishda kuzatib borildi . Oʼzbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi
«Keng koʼlamli va samarali islohotlarimiz natijasida, yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi (2018 yilda 52 milliard dollar boʼlgan).
Iqtisodiyotimizga shu yilning oʼzida 8 milliard dollar toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalar kirib keldi, eksportimiz esa, 19 milliard dollarga yetdi (2018 yilda 14 milliard dollar boʼlgan).
Bunday katta natijalar ilgari boʼlmagan», — deya qayd etdi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti.
«Biz, bu yil tariximizda ilk bor pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini minimal isteʼmol xarajatlaridan kam boʼlmagan darajaga olib chiqdik.
Misol uchun, 2017 yilda kam taʼminlangan 500 ming oila ijtimoiy yordam olgan boʼlsa, bugunga kelib 2 milliondan ortiq oilalarga koʼmak berilmoqda.
Аjratilayotgan mablagʼlar esa, 7 baravar koʼpaytirilib, yiliga 11 trillion soʼmga yetdi.
Biz ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini, aholi jon boshiga daromadlarni oshirish siyosatini izchil davom ettiramiz.
Har bir raqam ortida mashaqqatli mehnat yotibdi», — dedi Muhtaram Prezidentimiz.