Davlatimiz rahbari mamlakatimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qoʼyayotgani, hayotimizning barcha jabhalarida ulkan oʼzgarishlar yuz berayotganini taʼkidladi.
“Behisob shukur, bu yil aholimiz 36 milliondan oshdi. Har yili safimizga qariyb 900 ming yangi avlod qoʼshilmoqda.
Oʼzbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har bir aʼzosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uchun tinimsiz izlanayapmiz.
Yakuniga yetayotgan 2022 yil gʼoyat murakkab va sinovli yil boʼldi, desam, har tomonlama toʼgʼri boʼladi.
Ushbu davrda toʼplagan tajribamiz bir haqiqatni yaqqol isbotlab bermoqda: taraqqiyot – faqat va faqat jasoratli mehnat orqali boʼladi!”, - dedi Davlat Rahbari.
Shuningdek:
- oxirgi olti yilda mamlakatimiz boʼyicha qariyb 300 mingta yoki avvalgi yillarga nisbatan 10 barobar koʼp uy-joylar qurildi;
- bu davrda qoʼshimcha 500 ming oʼquvchi oʼrni yaratilib, ularning jami soni 5 million 300 mingga yetdi. Hozirgi vaqtda yana 1 million 200 ming oʼquvchi oʼrni yaratish boʼyicha ishlar jadal davom ettirilmoqda;
- bu yil 381 nafar sportchimiz Jahon va Osiyo musobaqalarida, 43 nafar iqtidorli va bilimdon yoshlarimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalari hamda tanlovlarida sovrinli oʼrinlarni qoʼlga kiritdi.
"Nuroniy otaxon va onaxonlarimiz oila davrasida, Haj va Umra ziyoratlarida shukronalik duolarini qilayotgani, bizga kuch va gʼayrat bagʼishlamoqda", - dedi Prezidentimiz.«Qoraqalpogʼiston yutugʼi – butun Oʼzbekiston yutugʼi, Qoraqalpogʼiston tashvishi – butun Oʼzbekiston tashvishi», — Shavkat Mirziyoev
Prezident Shavkat Mirziyoev Qoraqalpogʼiston voqealariga toʼxtaldi
«Hammamiz koʼrib-bilib turibmiz – bugun insoniyat nihoyatda murakkab davrni boshidan kechirmoqda.
Yer yuzidagi iqlimning keskin oʼzgarishi, suv va tabiiy resurslar kamayishi bilan bogʼliq muammolar katta xatarlarga aylanmoqda.
Xalqaro munosabatlarda oʼzaro ishonch kamayib, qarama-qarshilik va mojarolarning ortishi barqarorlik va rivojlanishga jiddiy xavf solmoqda.
Аfsuski, bunday xavf-xatarlar bizni ham chetlab oʼtmayapti.
Qoraqalpogʼistonda sodir boʼlgan noxush voqealar xalqimizni qattiq qaygʼuga soldi.
Xudoga shukur, koʼp millatli xalqimizning oqilligi va donishmandligi bilan vaziyat tezda izga tushdi.
Biz uchun “Qoraqalpogʼiston yutugʼi – butun Oʼzbekiston yutugʼi, Qoraqalpogʼiston tashvishi – butun Oʼzbekiston tashvishi”, degan gʼoya hamisha amaliy harakat dasturi boʼlib kelgan va bundan keyin ham shunday boʼlib qoladi!
Bizning ezgu maqsadimiz – birgalikdagi mehnatimiz bilan Yangi Oʼzbekistonda har tomonlama rivojlangan, obod va farovon Yangi Qoraqalpogʼistonni bunyod etishdir.
Аsrlar davomida et va tirnoq kabi bir boʼlib ketgan xalqlarimiz doʼstligiga, hech qanday kuch taʼsir koʼrsata olmaydi. Chunki, bizning oʼtmishimiz bir, bugunimiz ham, kelajagimiz ham bir!»