Joriy yilning 24-dekabr kuni soat 11:00 ga belgilangan Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar yig‘ilishida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Murodova Durdonaxon Rayimjon qizining 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Fanlararo aloqadorlik asosida bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu Ilmiy seminar yig‘ilishi Farg‘ona davlat universitetida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 150100, Farg‘ona sh., Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy. Tel.: (99873) 244–44–02; faks: (99873) 244–44–93,
e–mail: fardu_info@umail.uz