Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

Farg‘ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti Sport faoliyati-futbol yo‘nalishi 1-kurs talabasi Odilov Shahboz Shukurjon o‘g‘lining murojaati bo‘yicha MAʼLUMOT

13:09, 22.12.2022      

Odilov Shahboz Shukurjon o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2022-yil 31-avgustdagi 3-son bayoniga asosan, Jismoniy madaniyat fakulteti Sport faoliyati-futbol yo‘nalishiga Harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyasiga ega bo‘lgan abituriyentlarga ajratilgan kvota doirasida to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Odilov Shahboz Shukurjon o‘g‘li Mehribonlik uyi bitiruvchisi bo‘lganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son Qarorida belgilangan qo‘shimcha to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlarni universitet tomonidan to‘lanmay kelinayotligi sababli ushbu to‘lovlarni to‘lanishi yuzasidan Farg‘ona viloyat prokurori B.Ismoilovga murojaat qilgan.

Talabaga ushbu to‘lovlarni to‘lanishi yuzasidan universitetda quyidagi tarkibda ishchi guruh tuzildi:

P.Otaqulov- Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar bo‘yicha birinchi prorektor – ishchi guruh raisi;

A.So‘fiyev – huquqshunos;

G‘.Yakubov - bosh auditor;

Z.Mamatqulov - bosh hisobchi;

U.G‘ulomov – reja-moliya bo‘limi boshlig‘i;

I.Yuldashov – jismoniy madaniyat fakulteti dekani;

S. Hakimov - jismoniy madaniyat fakulteti dekan o‘rinbosari

Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar asosida Jismoniy madaniyat fakulteti dekani I.Yuldashovning bildirishnomasiga asosan, 2022-yil 20-dekabr kuni universitet rektorining №576-sonli buyrug‘i rasmiylashtirildi. Shu kunning o‘zida Odilov Shahboz Shukurjon o‘g‘lining plastik kartochkasiga 2022-yil sentyabr-dekabr oylari uchun oziq ovqat xarajatlari uchun 3 413 600.0 so‘m, gigiyenik tovarlar uchun 112 000.0 so‘m, kiyim-kechak xaridi uchun 232 800.0 so‘m, jami 3 758 400.0 so‘m mablag‘ tushirib berildi.