Zamonaviy kikboksing mashqlari qadimdan harbiy mashgʻulotlarning tarkibiy qismi boʻlib kelgan. Oʻzbekistonda kikboksing 20-asrning 90-yillaridan ommalashib keng rivojlanib kelmoqda. Hozirgi kunda mamlakatda 100 dan ziyod murabbiyga sportning ushbu turi bo’yicha mashgulotlarini olib borish uchun litsenziya berilgan bo’lib, Farg’ona davlat universitetining yoshlari ham ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanib, faxrli o’rinlarni band qilib kelmoqdalar.
Oliygohning Ijtimoiy ish yo’nalishi 3-bosqich talabasi Hodiyev Shohruh Sherzod o'g'li Qirg'iziston Respublikasida o'tkazilgan kikboksing bo‘yicha xalqaro musobaqada faxrli 1-o’rinni egalladi.