“Zakovat bor joyda ulug’lik bo’ladi, Bilim bor joydabuyuklik bo’ladi”.
Farg’ona davlat universiteti hayotida unutilmas onlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi - Farg’ona davlat universitetida amalda. Bizning 18nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.
2022/2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta'lim muassasalari bakalavriat bosqichining 566 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rilgan bo‘lsa, ularning 18 nafari Farg‘ona davlat universiteti talabalaridir.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining buyrug‘i bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida g‘olib bo‘lgan, butun o‘qishi davomida faqat a'lo baholarga o‘qiyotgan Farg’ona davlat universiteti talabalaridan 1 nafariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, 1 nafariga Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi, 13 nafariga Navoiy nomli davlat stipendiyasi, 3 nafariga esa Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi tayinlandi.